Davlat xizmatlari reestri
DAVLAT XIZMATLARI YAGONA REESTRI
(Ichki ishlar vazirligi)
Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 27 oktyabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 3467.
T/r. | Davlat xizmati nomi | Mas’ul tarkibiy tuzilma | Davlat xizmati shakli (an’anaviy/elektron) | To’lov turi | Davlat xizmati ko’rsatish natijasi |
1 | O’zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish | M va FRBB | elektron | Pullik | ID-karta |
2 | O’zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | ID-karta |
3 | Fuqaroligi bo’lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Biometrik harakatlanish hujjati |
4 | O’zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Qayd varag’i |
5 | Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini berish, uzaytirish, almashtirish va doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Guvohnoma, Qayd varag’i |
6 | O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan xorijdan mehmon taklif qilish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Taklifnoma |
7 | Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash guvohnomasini berish va doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Guvohnoma, Qayd varag’i |
8 | Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Qayd varag’i |
9 | Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun yashash guvohnomasini berish, uzaytirish va almashtirish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Guvohnoma |
10 | Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O’zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko’p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | elektron | Pullik | Taklifnoma, VTD turdagi kirish vizasi |
11 | Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning viza muddatlarini uzaytirish | M va FRBB | An’anaviy | Pullik | Viza |
12 | O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | elektron | Pullik | Qayd varag’i |
13 | O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahar va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | elektron | Pullik | Qayd varag’i |
14 | O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish, ro’yxatdan chiqarish | M va FRBB | elektron | Pullik | Qayd varag’i |
15 | O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olish | M va FRBB | elektron | Pullik | Qayd varag’i |
16 | O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va fuqarolikdan chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish | M va FRBB | elektron | Pullik | Fuqarolikka qabul qilinganligi, chiqarilganligi yoki rad etilganligi to’g’risida xat |
17 | Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish | M va FRBB | elektron | Pullik | Ma’lumotnoma |
18 | Doimiy yashash joyi bo’yicha ma’lumotnoma berish | M va FRBB | elektron | Bepul | Ma’lumotnoma |
19 | Doimiy yashash joyida ro’yxatdan o’tib yashovchilar to’g’risida ma’lumotnoma berish | M va FRBB | elektron | Bepul | Ma’lumotnoma |
20 | O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to’g’risida ma’lumotnomalar berish | M va FRBB | elektron | Pullik | Ma’lumotnoma |
21 | Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | JTSX | elektron | Pullik | Litsenziya |
22 | Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o’q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | JTSX | elektron | Pullik | Litsenziya |
23 | Past va o’rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo’nalishi sxemalarini kelishish | YHXX | An’anaviy | Bepul | Kelishuv |
24 | Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo’l transportida tashish uchun ruxsatnoma | JTSX | An’anaviy | Bepul | Ruxsatnoma |
25 | Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo’yish to’g’risidagi guvohnoma | YHXX | An’anaviy | Bepul | Guvohnoma |
26 | Ob’ektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to’g’risida xulosa | JTSX | elektron | Bepul | Xulosa |
27 | Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o’q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko’rgazmaga qo’yish, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O’zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma | JTSX | An’anaviy | Pullik | Ruxsatnoma |
28 | Ommaviy tadbirlarni o’tkazish uchun ruxsatnoma | JTSX | elektron | Bepul | Ruxsatnoma |
29 | Respublika hududida ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash bo’yicha xizmat ko’rsatish | JTSX | An’anaviy | Pullik | Shartnoma |
30 | Fuqarolar gavjum bo’ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha xizmat ko’rsatish | JTSX | elektron | Pullik | Shartnoma |
31 | Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish | XS va TXMM | elektron | Pullik | Ma’lumotnoma |
32 | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash faoliyati uchun litsenziya | YHXX | elektron | Pullik | Litsenziya |
33 | Haydovchilik guvohnomasini olish bo’yicha imtihonga ariza topshirish | YHXX | elektron | Pullik | Ma’lumot |
34 | Haydovchilik guvohnomasini berish, almashtirish va yo’qolganlari o’rniga yangisini berish | YHXX | elektron | Pullik | Haydovchilik guvohnomasi |
35 | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning o’quv guruhlarini ro’yxatga olish | YHXX | elektron | Bepul | O’quv guruhini ro’yxatga olish |
36 | Avtotransport vositalariga va tirkamalariga (yarim tirkamalariga) ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarini berish va qayd etish guvohnomasini berish | YHXX | elektron | Pullik | Davlat raqami belgisi va Avtomototransport vositalarini ro’yxatga olish haqida guvohnoma |
37 | Avtomototransport vositalari va tirkama (yarim tirkama)larga tranzit ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgisini berish va hisobdan chiqarish | YHXX | An’anaviy | Pullik | Davlat raqami belgisi, ma’lumotnoma |
38 | Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish | YHXX | elektron | Pullik | Texnik ko’rikdan o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotlar |
39 | Xorijiy davlatlarning korpus xodimlari va ishchilarga, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga haydovchilik hujjatlarini berish | YHXX | An’anaviy | Pullik | Haydovchilik guvohnomasi |
40 | Avtotransport vositalari haqida ma’lumot berish | YHXX | elektron | Bepul | Ma’lumotnoma |
41 | O’zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo’llarini, yo’l inshootlarini, temir yo’l kesishmalarini, avtomobil yo’llari va ko’chalari bo’yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to’ldirish va gaz quyish) stantsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish | YHXX | elektron | Pullik | Xulosa |
42 | O’zbekiston Respublikasida og’ir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashishda yo’nalish sxemalarini kelishish | YHXX | An’anaviy | Bepul | Kelishuv |
43 | Xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish | YHXX | An’anaviy | Bepul | Xulosa |
44 | Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma | YHXX | elektron | Pullik | Ruxsatnoma |
45 | Avtomototransport vositasi konstruktsiyasini va (yoki) uning bir qismini o’zgartirish bilan bog’liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | YHXX | elektron | Pullik | Tasdiqnoma |
46 | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to’g’risida xabarnoma | YHXX | elektron | Pullik | Tasdiqnoma |
47 | Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko’ngilochar ob’ektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishni boshlaganligi yoki tugatganligi to’g’risida xabarnoma | JTSX | elektron | Pullik | Tasdiqnoma |
48 | Avtotransport vositalari oynalarining tusini o’zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma | YHXX | elektron | Pullik | Ruxsatnoma |
49 | Oshirilgan to’lov stavkalari bo’yicha hamda xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo’lgan oshirilgan to’lov stavkalari bo’yicha ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarini saqlash | YHXX | An’anaviy | Bepul | - |
50 | Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berish | EKBM | elektron | Pullik | Sertifikat |
51 | Shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi to’g’risida ma’lumotnoma berish | JIED | An’anaviy | Bepul | Ma’lumotnoma |