Murojaat qilish tartibi
Xurmatli foydalanuvchi!
Sizdan diqqat bilan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Tartibi bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi.
Murojaatlar og‘zaki, yozma, shaxsan taqdim yetilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” orqali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi orqali murojaat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish xuquqiga ega.
Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko‘rsatilishi lozim.
Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to‘liq nomlanishi, joylashuv maʼlumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko‘rsatilishi lozim.
Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo‘lganda uning imzosi yuridik shaxs bo‘lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo‘shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.
Ko‘rib chiqilmaydigan murojaatlar: yashirin murojaatlar; vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar; qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.
Agar Siz, bizning javobimizdan qoniqish hosil qilmasangiz, Ichki Ishlar Vazirligining "1102" yagona ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i va o‘rinbosarlari qabulga qatnasha olmagan taqdirda maʼsul xodimlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish amalga oshiriladi.