IIV Xorazm akademik litseyi: Yangi o‘quv yili - yangi marralar
Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!“ shiori ostida yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. Eng aziz va eng ulug’ bayram shodiyonasi hamda yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni litsey direktori polkovnik R.R.Masharipov kirish so’zi bilan ochib, barchani yangi o’quv yili boshlanishi bilan samimiy qutladi hamda O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro qilindi.
Ushbu tantanali tadbirda so’zga chiqqan Xorazm viloyat IIB boshlig`ining o`rinbosari podpolkovnik A.T.Raxmonov va faxriy mehmonlar tadbir qatnashchilarini mustaqillik bayrami hamda yangi o’quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, o’quvchilarning kelajakda yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, o’z kasbining munosib izdoshlari bo’lishida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Akademik litseyning maxsus fanlar o’qituvchi iste’fodagi podpolkovnik Sh.Yusupov yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Z.A.Almatov “Faxriyyorlig’i” bilan taqdirlandi.
Xorazm akademik litseyi o`quvchilari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramining bosh g`oyasi asosida ”Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o’tkazilgan Mustaqillik davri aks etgan ”Eng yaxshi videolavha” hamda “Eng yaxshi insho”lar tanlovi g’oliblari diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
Litseyning “Jaloliddin izdoshlari” harbiy-sport klubi a`zolarining ko`rgazmali chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati