3 Oktyabr 2024 yil 11127

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturul amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘limi, viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir yetilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼsul xodimi podpolkovnik G‘.K.Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik E.R.Soliyev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo‘yicha bo‘limi masʼul xodimi, mayor X.B.Avezov ishtirok yetib yig‘ilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida maʼsullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech