13 May 2025 yil 459

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i inspektor-psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

«Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 110-sonli qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari xizmat qilayotgan inspektor-psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ular bilan profilaktik ishlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida inspektor-psixologlarning xizmat jarayonidagi muammolari, taklif va mulohazalar tinglandi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i inspektor-psixologlarning faoliyatini yana-da takomillashtirish, xizmat samaradorligini oshirish hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech