7 Iyun 2025 yil 899

Xorazm viloyatida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Xorazm viloyati IIB tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman IIB boshliqlari uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Uch kun davom etishi ko‘zda tutilgan va onlayn tarzda masofadan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotining dastlabki kunida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ijtimoiy profilaktika tizimi, mahallalarda yoshlar, ayollar, ishsiz shaxslar tomonidan hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishda ijtimoiy profilaktika tizimi mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlarida raqamlashtirish hamda “Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Parlament nazorati hamda hududiy kengashlarda hisobot berishning eʼtiborli jihatlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda batafsil maʼlumot berildi.

Mashg‘ulotda ishtirokchilarning mavzuga oid fikr-mulohazalari ham eshitildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech