Xorazm viloyati IIBda Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlarni taʼminlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi hamda Xorazm viloyati IIB sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF 23-son Farmoni hamda IIVning 2025 yil 30 may kunidagi 209-son Farmoyishi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Farmonda belgilangan yangi harbiy nizomlarning mazmuni, ularning huquqiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatidagi o‘rni to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar jarayonida xodimlarga harbiy intizom, xizmat faoliyatida qonuniylik va masʼuliyatni oshirishga qaratilgan talablarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va tashkiliy-huquqiy qoidalarning to‘g‘ri va samarali qo‘llanilishi yuzasidan mulohazalar almashildi.
Ushbu o‘quv-seminar xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish, xizmatda masʼuliyatni yana-da oshirish, shu bilan birga, harbiy xizmatga oid meʼyoriy hujjatlarning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati