22 Iyun 2025 yil
790
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
Bugun, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq yigirmadan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati