25 Iyun 2025 yil 339

Shovot tumani ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi 199-sonli farmoyishiga asosan ichki ishlar tizimida 1-30 iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi o‘tkazilmoqda.

Shu boisdan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni zamon talablariga javob beruvchi xalqchil, professional kadrlar sifatida shakllantirish hamda ularni xizmat qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan joriy yilning 24-iyun kuni Shovot tumani ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvga shuningdek ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan soha faxriylaridan bir guruhi ham taklif etildi.

O‘zaro ishonch va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda ichki ishlar tizimida yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida suhbatlashildi.

Shuningdek, uchrashuvda Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi va Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirok qilib, yosh xodimlarga o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib yuksalishga undovchi nasihat berdilar.

Tadbirda yosh xodimlar va ularning oila aʼzolarini tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida bir qator yosh xodimlar va ularning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yuqori saviyada davom qildirilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech