7 Iyul 2025 yil 1618

“TANLOVGA MARHAMAT”

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MALAKA OSHIRISH INSTITUTINING KASBIY TAYYORGARLIK FAKULTETIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga viloyatimizda yashovchi, oliy ma’lumotli yoshlarni shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga, yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tagan (erkaklar uchun) fuqarolar hamda Ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi.

Fakultetda besh oylik dastur bo‘yicha Ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga nomzodlarni maxsus kasbiy tayyorlash amalga oshiriladi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmatiga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, harbiy guvohnomasi, diplom va baholar ilovasini olib kelishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun arizalar joriy yilning 08-iyul kunidan 07-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

 

Manzil: IIV Xorazm akademik litseyi.

Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05

Text to speech