24 Avgust 2025 yil 69

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

24-avgust kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Xiva shahrida joylashgan Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi.

Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech