7 Sentyabr 2025 yil
                            
                                2227                            
                    Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
7-sentabr kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘ttizdan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        