8 Mart 2020 yil 1597

 Ayolini eʼzozlagan yurt

 Ayolini eʼzozlagan yurt

Jamiyatimizda ayollarga bo‘lgan hurmat, eʼtibor kun sayin ortib borayotgani quvonchli holdir. Albatta, ayollari qadr topgan jamiyatda yuksalish, taraqqiyot va tinchlik bo‘ladi.
Joriy yil “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati viloyatimizdagi ayollarni tabriklash jarayoniga Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor va masʼuliyat bilan yondashildi.
Hususan, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov viloyatda istiqomat qiluvchi, davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etib, ayni kunlarda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriy ayollarni bayram munosabati bilan tabriklash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdi.
Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqach kasallik tufayli to‘shakka mixlanib qolgan ayollar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining turmush o‘rtoqlari ham viloyat IIB boshlig‘ining tashrifidan xursand bo‘lishdi.
Keksalik chog‘ida yoki bemor insonni holidan xabar olish eng olijanob amallardan biri ekanligiga ularning qilgan duolari sabab ishonchimiz yana bir bor hosil bo‘ldi.
Doimo eʼzozdasiz aziz ayollar, bayramingiz muborak bo‘lsin.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech