"Biz OITS ga qarshimiz" shiori ostida davra suhbati hamda rasmlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
1-dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida ‘‘Biz OITS ga qarshimiz’’ shiori ostida davra suhbati hamda rasmlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
Tadbirda OITSga qarshi kurashish bo’yicha Xorazm viloyat markazi bosh shifokori Omonboy Otabayevich ishtirok qilib, o’z so’zida OIV va OITS kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, salbiy oqibatlari va undan himoyalanish yo’llari haqida hayotiy misollar bilan bayon qilib berdilar.
Davra suhbatida o’quvchilar OITS kasalligi haqida o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
‘’Biz OITSga qarshimiz’’ shiori ostida o’tkazilgan tadbirda “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi qo’l ishi” tanlovi g’oliblari litsey rahbariyati tomonidan diplom va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlanishdi.
Davra suhbati yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
IIV Xorazm akademik litseyi
biologiya fani o’qituvchisi
A.Sapayeva