8 Mart 2020 yil 1076

Boshqarmada bayram shukuhi

 Boshqarmada bayram shukuhi


Barchamizga maʼlumki bugungi kunda ichki ishlar organlarida erkaklar bilan bir safda xotin-qizlar ham samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Keyingi yillarda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan ayollar salmog‘ining oshayotganligi, o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati IIB da bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan yozilgan dasturxonga viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar, ichki ishlar organlarining nafaqadagi faxriy ayollari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida qaxramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning turmush o‘rtoqlari hamda viloyat ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlarning vakilalari taklif etildi.
Tantanali tadbir avvalida Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov so‘zga chiqib, bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning tutgan o‘rni va ularning mexnatlari taxsinga sazavor ekanligini taʼkidlab o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan keyin xizmat vazifalarini bajarishdagi fidoyiligi uchun IIV va viloyat IIB tomonidan rag‘batlantirilgan bir guruh xotin-qizlarga “Faxriy yorliq”, eslalik qo‘l soatlari, pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Hamkasabalariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xotin-qizlarning onalarini ushbu bayram tadbiriga taklif etilishi va ularga viloyat IIB boshlig‘i tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alarining topshirilishi ishtirokchilar hayojoni va olqishiga sazovor bo‘ldi.
Xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning turmush o‘rtoqlari va qizlariga ham anʼanaga ko‘ra bayram sovg‘alari ulashildi.
Tadbirda taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech