23 Noyabr 2020 yil 817

Boshqarma xotin-qizlari ommaviy sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni yangi bosqichga olib chiqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Boshqarma shaxsiy tarkibi jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar har xaftaning seshanba va juma kunlari bilan muntazam shug‘ullanib kelgan bo‘lsalar, endilikda qo‘shimcha ravishda xaftaning shanba kunlari sportning ommaviy turlari bilan shug‘ullanishlari yo‘lga qo‘yildi.

Albatta bu borada boshqarmada xizmat qilayotgan xotin-qizlar ham erkaklar bilan bir qatorda o‘z faolliklarini namoyon etmoqdalar.

Jumladan, Xorazm viloyati IIB va viloyat markazida joylashgan sohaviy xizmatlarida faoliyat olib borayotgan shahodatlangan xotin-qizlar  viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektori mayor Yu.Hamdamovaning tashabbusi va bevosita ishtirokida bilan ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishni boshladilar.

Urganch shahrining ochiq tabiat qo‘ynidagi saylgoh va bog‘larida boshqarma xotin-qizlari tomonidan o‘tkazilayotgan yengil chigalyozdi mashqlariga mahalliy xotin-qizlarning ham qiziqishi ortib, sport mashg‘ulotlarida birgalikda ishtirok etishga xayrixohlik bildirmoqdalar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech