Boshqarma xotin-qizlarining xizmat sharoiti, yutuq va kamchiliklari o‘rganilmoqda
Bugun ichki ishlar organlari xodimlari orasida xotin-qizlarning safi ortib bormoqda. Bu mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning faolligi oshayotganligining bir ko‘rinishidir desak xato bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy hamda sohaviy yo‘nalishlarida ham xotin-qizlar safi ancha kengaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini tizimli ravishda oshirib borish maqsadida viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tarkibida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektor lavozimi joriy etildi.
Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektori mayor Yu.Hamdamova sohada faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarning xizmat sharoiti, ularning faoliyati davomida erishgan yutuqlari, mavjud muammolari bilan yaqindan tanishish va kelgusida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xodimlarning xizmat joyiga chiqib, mukammal tahliliy o‘rganishlarni olib bormoqda.
Xodimning shaxsiy hayoti muammolardan holi bo‘lsagina, uning xizmat samaradorligi yuqori bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, mayor Yu.Hamdamova hamkasabalarining xonadonida bo‘lib, ularning yashash va turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, ijtimoiy himoyaga muhtojlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tartibda taklif kiritmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati