11 Yanvar 2021 yil 731

Yoshlar xavfsiz turizmni taʼminlash faoliyati bilan tanishdilar

Mamlakatimiz bo‘ylab eʼlon qilingan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida harbiylashtirilgan tuzilmalar tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamolga yetkazish maqsadida bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ezgu maqsadga yo‘naltirilgan bu kabi tadbirlar Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan ham o‘tkazilmoqda.

Boshqarma xodimlari mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida tahsil olayotgan yigit-qizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Xiva shahrining “Ichon qalʼa” muzey-qo‘riqxonasiga taklif etdilar.

Samimiy uchrashuv va sayohat davomida yigit-qizlar tarixiy obidalarni tomosha qilish bilan birgalikda xavfsiz turizmni taʼminlash xizmatining faoliyati, ular tomonidan xizmatda qo‘llanilayotgan texnika vositalari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Xorijiy sayyohlar bilan ularning ona tilida gaplashgan xodimlarni ko‘rgan yigit-qizlar ham kelgusida ushbu boshqarmada xizmat qilish istagi paydo bo‘lganligini, buning uchun esa bugundan boshlab xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga kirishishni taʼkidlab o‘tdilar.

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech