Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Gurlan tumanida bo‘lib o‘tdi
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda joylarda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Bu borada Xorazm viloyati bo‘yicha 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul 2021 yilning 24 avgust kuni Gurlan tumanida o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Gurlan tumani Hokimining o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Batafsil o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilingan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati