2 Aprel 2021 yil 104

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlarining talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni maʼnaviyatimizga yot g‘oyalar taʼsiridan saqlash hamda ularda jinoyat va huquqbuzarlikka qarshi murosasizlik hissini shakllantirish orqaligina kelgusida jamiyat uchun foydali kadrlar yetishib chiqishini taʼminlash mumkin.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlangan joriy yilda yoshlar bilan ishlash masalasi ham yangicha tizim va bosqichda amalga oshirilmoqda. 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining masʼul xodimlari ayni kunlarda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar  o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazib kelmoqdalar.

Ana shunday uchrashuvlardan navbatdagisi Toshkent axborot texnologiyalari  universitetining Urganch filiali talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.

“Men jinoyat va huquqbuzarlikka qarshiman” va  nomli mavzu asosida tashkil etilgan davra suhbatida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor D.Bog‘ibekova va Urganch shahar Bosh imomining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi F.Otajanovalar tomonidan talabalarga diniy mutaassiblik, uning ko‘rinishlari hamda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tushunchalar berildi.

Shuningdek, talabalarga internet va undagi ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri  foydalanish yuzasidan ham zarur tavsiyalar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech