Xorazm viloyati IIB oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolarni tizimda bo‘sh bo‘lgan ofitserlik, yaʼni profilaktika inspektorlari lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi
EʼLON
Xorazm viloyati IIB oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolarni tizimda bo‘sh bo‘lgan ofitserlik, yaʼni profilaktika inspektorlari lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi.
ESLATMA: Xorazm viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham, oliy maʼlumotga ega, harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar dastlab o‘zlari bilan quyidagi xujjatlarni olib kelishlari lozim:
- fuqarolik pasporti;
- oliy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi xujjatlar (diplom ilovasi bilan);
- harbiy guvohnomasi.
Izox: Nomzodlar tomonidan ushbu xujjatlarning asl nusxasi ko‘rsatilishi shart.
Nomzodlar 2020 yilning 7-17 may kunlari Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2020 yilning 7-17 may kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan fuqarolar yuqoridagi tanlovda nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Urganch shahar Y.Bobojonov ko‘chasi 14-uy.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon: 62 223-05-66.
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi