2 Fevral 2023 yil 415

IIV Xorazm akademik litseyida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

IIV Xorazm akademik litseyi ayni kunda viloyat ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar yetishtiruvchi bazaviy taʼlim dargohi hisoblanadi.

O‘z navbatida ushbu taʼlim dargohining o‘qituvchi-pedagog va ishchi-xizmatchilari orasida xotin-qizlarning safi ham anchagina.

Bugun mazkur jamoada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘bekova litsey o‘qituvchi-pedagoglari va ishchi-xizmatchilari tomonidan o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va ularga g‘amho‘rlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni eʼtirof etgan xolda, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalasi rahbariyatning doimiy eʼtiborida ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Shundan kelib chiqqan holda, litseyda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” tuzishni taklif qildi.

Ushbu taklif yig‘ilishda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar tomonidan iliq kutib olindi va jamoatchilik kengashi raisi va aʼzolari ko‘pchilikning fikr mulohazalarini inobatga olgan holda, ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Shuningdek, podpolkovnik D.Bog‘ibekova yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tdi.

Bundan tashqari litseydagi o‘quvchilar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

 Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech