12 Sentyabr 2020 yil 4887

IIV Xorazm akademik litseyiga 2020/2021 o‘quv yili uchun nomzodlar diqqatiga!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazi tomonidan 2020 yil 16 sentyabr kuni 07:00da Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida IIVning Xorazm akademik litseyiga 2020/2021 o‘quv yili uchun nomzodlardan test sinovlari qabul qilinadi.

 Izoh: Test sinovlarida 442 nafar nomzod ishtirok etishi kutilmoqda. Test jarayonida ishtirok etuvchi nomzodlar ruchka, ichimlik suvi, tibbiy niqob va qo‘lqop bilan taʼminlanadi.

IIV Xorazm akademik litseyi qabul komissiyasi

Text to speech