Ijtimoiy himoya va profilaktik tadbirlar birgalikda amalga oshirilmoqda
Karantinli kunlar boshlanganidan buyon aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan turli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ajratilganligi ham xalqimizga xos mehr-muravvatning namunasidir.
Bugun Xorazm viloyatida ushbu pul mablag‘larini belgilangan oilalarga bekamu-ko‘st yetkazilishida mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili deya taʼriflanadigan profilaktika inspektorlari ham beg‘araz ishtirok etdilar.
Albatta profilaktika inspektori kirib borgan har qanday xonadonga tinchlik va osoyishtalik kirib boradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi profilaktika inspektorlari o‘zlari uchrashgan har bir fuqaro bilan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi tushuntirish ishlari olib borishlari bilan birgalikda boshqarma tomonidan tayyorlangan viktimologik profilaktikaga oid bukletlarni ham tarqatib, fuqarolarning ogohligini oshirmoqdalar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati