12 Iyun 2020 yil 977

Imtiyoz tavsiyanomalari topshirildi 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquq va erkinlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy eʼtirof etilayotgani barchamizga maʼlum.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda uzoq yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan, shuningdek xizmat vazifasini bajarish vaqtida qaxramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning farzandlarini oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalariga imtiyozli asosda qabul qilish tartibining joriy etilganligi ham ushbu islohotlarning amaliy ifodasidir.

Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan berilgan imtiyozli tavsiyanomalar bugun Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektori mayor Yu.Hamdamova va yoshlar bilan ishlash katta inspektori kapitan A.Nurullayev tomonidan (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) topshirildi.

Qahramon xodimlarning farzandlariga imtiyoz tavsiyanomalariga qo‘shimcha tarzda Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan badiiy kitoblar ham topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech