3 May 2022 yil 640

Internet-firibgarlari soxta veb-resurslar orqali bank kartangizdagi mablag‘laringizni egallashi mumkin. Extiyot bo‘ling!

Internet-firibgarlari tomonidan fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini turli xil noqonuniy uslublar yordamida talon-taroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Hususan, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytlariga o‘xshash bo‘lgan soxta veb-resurslar orqali jinoyatchilar axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolardan bans plastik karta maʼlumotlarni taqdim etilishiga erishib, undagi mablag‘larni o‘zlashtirib kelayotganligi aniqlandi.

Xususan, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi bir qator guruh va kanallarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan COVID-19 virusiga qarshi vaksinatsiyadan o‘tgan fuqarolar bir marotabalik 750 ming so‘m pul mablag‘larini berishga oid “feyk” habar tarqatilib, ushbu habar ostiga biriktirilgan havolaga (https://uzmedicine.link/transaction/624537ed32d0159efc820222/code) kirilganida, 750 ming so‘mni olish ilinjida bo‘lgan foydalanuvchilardan bank plastik karta rekvizitlari hamda SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan maxfiy kod-raqam so‘ralayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ijtimoiy va demografik holatni yaxshilash uchun farzandi bor oilalarga bir marotabalik 650 ming so‘m pul mablag‘larini moddiy yordam sifatida berishga oid qonun kuchga kirganligi to‘g‘risidagi “feyk” xabar tarqatilganligi, xabar ostidagi havolaga (https:/uz-prezident.pays-quick.com/cash86062313) kirilganda, 650 ming so‘m olishga erishish uchun foydalanuvchidan o‘z bank plastik karta raqamlarini hamda SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan maxfiy kod so‘raladi va “ehtiyojmand mijoz” ushbu maʼlumotlarni kiritgach, plastik kartasidagi mavjud pul mablag‘laridan mahrum bo‘lishi aniqlandi.

Tezkor tadbirlar natijasida, “feyk” xabar taʼsiriga tushgan 1 nafar fuqaroning 7,5 mln. so‘m pul mablag‘lari Toshkent shahrida yashovchi 2000 y.t. Rustamov Islom (ismlari o‘zgartirilgan) tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligi aniqlanib, holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zR JKning 168-m. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, barcha internet foydalanuvchilarini mazkur “feyk” veb-resurslarning noqonuniy faoliyati to‘g‘risida ogox bo‘lishlarini, to‘lov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlarini so‘rab qolamiz.

Katta miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lish istagida bo‘lib, Sizga sms-xabarnoma orqali kelgan tasdiqlash kodini “feyk” resursga kiritishingiz bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartangizni boshqarish huquqini qo‘lga kiritilishiga va undagi mablag‘larni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratgan bo‘lasiz.

Ogoh bo‘ling! Internet-firibgarlari tomonidan yaratilgan soxta veb-resurslarga kirib, yengil yo‘llar bilan daromad topish to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlarga ishonib qolmang!

 Xorazm viloyati IIB TQHB

Text to speech