3 Aprel 2021 yil 810

Malakali kadrlar – samaradorlik kafolati

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash ishlarini namunali tarzda amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalar ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va patrul-post xizmati zimmasiga yuklatilgan.

Shu bois ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash yo‘nalishiga jalb qilinuvchi xodimlaridan yuqori darajadagi professional tayyorgarlik talab etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi IIV va Xorazm viloyati IIB rahbariyatining tegishli farmoyishiga asosan jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning sifat jihatidan yangi mexanizmni joriy etish, shaxsiy tarkibning ish samaradorligini oshirish maqsadida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va patrul-post xizmati shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Nazariy mashg‘ulotlar davomida xodimlarga fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va xizmat faoliyatini amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlarga og‘ishmasdan rioya qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda esa, ichki ishlar organlarida mavjud bo‘lgan maxsus texnik vositalardan foydalanish tartibi o‘rgatildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech