25 Sentyabr 2021 yil 731

Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudda masofadan ko‘rib chiqish samarali jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 iyundagi “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  407-son Qaroriga asosan ichki ishlar organlarida “E-mamuriy ish” – yagona axborot tizimi ishga tushirishda va ayni kunda Xorazm viloyatida ushbu tizimdan to‘g‘ri va samarali foydalanib kelinmoqda.

“E-mamuriy ish” – yagona axborot tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudlarda ko‘rib chiqish jarayonini masofadan turib onlayn shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Xorazm viloyatining boshqa hududlari kabi Yangibozor tumanidagi mavjud 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosida joylashgan profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari ham jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bilan tezkor internet tarmog‘i orqali bog‘langan.

Bugun kunda maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarning barchasi sudda masofadan turib onlayn shaklda ko‘rib chiqilmoqda.

Albatta sud-huquq tizimida bu kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish fuqarolarning ortiqcha sarson bo‘lishlariga chek qo‘yish bilan birgalikda profilaktika inspektorining asosan o‘zi xizmat olib borayotgan maʼmuriy hududda bo‘lish imkoniyatini ham bermoqda.

Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudda ko‘rib chiqishda protsessual normalarga og‘ishmay rioya qilinishini taʼminlash maqsadida esa sud, prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali xodimlari tomonidan reja asosida o‘quv-seminarlar o‘tkazib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech