16 Yanvar 2024 yil
3949
Yangiariq tumani IIB da hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik J.Sadullayev raisligida Yangiariq tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2023-yil davomida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob etilib, mazkur yo‘nalishda 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.