5 Sentyabr 2020 yil 1411

Qonunchilikdagi yangilik yuzasidan huquqshunos sharhi

2020 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qlingan bo‘lib, ushbu farmonning maqsadi- Litsenziyalash va rusxat berish berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

 Jumladan, farmonning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinishi, 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinishi, 17 ta litsenziya va 13 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilish yo‘li bilan bekor qilinishi, 14 ta turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartirilishi, 115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yana-da soddalashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek farmonga ko‘ra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

Bundan tashqari 2021 yil 1 yanvardan boshlab, Turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi:

Farmonga ko‘ra quyidagilar, yaʼni kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;

yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, vakolatli organlar tomonidan litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;

- litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomalarga almashtirish;

- litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish, ushbu hujjatlarni berish, shuningdek, nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash harakatlarni amalga oshirilishi taqiqlanadi:

Shu jumladan 2020 yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021 yil    1 yanvarga qadar uzaytirildi.

           Qabul qilingan ushbu farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvarga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

           Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, litsenziya sohasida qonun buzilishlari haqida vakolatli organlarga xabar bergan shaxslar huquqbuzarlik o‘z tasdig‘ini topganda undirilgan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi, litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshirilishi, xar bir litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomilining samaradorligi kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqilishi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Shu jumladan mutasaddi idoralar, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini isloh qilishning ikkinchi bosqichida, quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar, yaʼni “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish yo‘li bilan yaxlit qonun loyihasini;

2021 yil 1 fevralgacha litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillariga oid qonunchilikni tizimlashtirish maqsadida ularning pasportlarini ishlab chiqish va kodifikatsiyalash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishlari ko‘rsatilgan.

 

Xorazm viloyati IIB Yuridik taʼminlash

bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik

                                                  O.A.Jabborov

Text to speech