15 May 2020 yil 1015

Puxta egallangan nazariy bilimlar qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi

Puxta egallangan nazariy bilimlar qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi

 

Barchamizga maʼlumki bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik osoyishtaliklikni taʼminlash va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham samarali xizmat olib bormoqdalar.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi hamda xodimlarining jinoyat va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi nazariy bilimlarini yana-da oshirish, ularning bu boradagi kasbiy mahoratlarini yuksaltirish borasida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi  boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

“Maʼmuriy huquqbuzarlik: uning turlari”, “Maʼmuriy javobgarlik”, “Maʼmuriy jazo choralari”, “Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish”, “Maʼmuriy-protsessual hujjatlarni tayyorlash”, “Maʼmuriy huquqbuzarlarni hisobga olish”,  “Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Jamoatchilik nazorati maskanlaridan samarali foydalanish usullari”, “Huquqbuzarlikka qarshi kurashda maʼmuriy organlar hamkorligi” nomli mavzular ostida tashkil etilayotgan ushbu seminar-treninglar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi faoliyatlarida qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech