15 Avgust 2022 yil 542

“Qoradori-2022”: Tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ekinlarni yetishtirib kelayotgan shaxslarning qishmishi fosh etildi

Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari tomonidan “Qoradori-2022” keng qamroqli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar naktijasida, taqiqlangan ekinlarni, yaʼni, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.

Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.B. ning yashash uyi va tomorqasi joriy yilning 10 avgust kuni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 1 tup “kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, joriy yilning 9 avgust kuni, Xiva shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.Ya. ga tegishli xonadonning tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs ham 2 tup “kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi. 

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.

Yuqoridagi xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, “kannabis” esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech