7 Avgust 2022 yil 567

“Qoradori-2022”: Tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ekinlarni yetishtirib kelayotgan shaxsning qishmishi fosh etildi

Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar naktijasida, taqiqlangan ekinlarni, yaʼni, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.

Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan D.H. ning yashash uyi va tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 2 tup “kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.

Yuqoridagi xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, “kannabis” esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech