22 Mart 2021 yil
13577
Rasmiy munosabat: Urganch shahridagi kafe oldida yarim-yalang‘och kiyingan xotin-qizlar sumalak pishirayotgani bilan bog‘liq holat yuzasidan
2021 yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar yarim-yalong‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati