Rasmiy munosabat: “Xorazm viloyatida yashovchi bir guruh ayollarning umra ziyoratini amalga oshirish paytida o‘g‘irlik sodir etishganligi to‘g‘risida” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarlar yuzasidan
So‘nggi kunlarda Telegram messenjeridagi turli guruh va sahifalarda Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi uch nafar xotin-qizlarning “xaj safariga borgan paytida Makka shahrida barcha musulmonlar namozga ketgan vaqtida uch ayol bo‘lib, do‘kondan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlaganliklari, Arabistonga kelsa o‘g‘irlik qilganliklari uchun qo‘lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari to‘g‘risida”gi ovozli xabarlar keng tarqaldi.
Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o‘tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatishganligi maʼlum bo‘ldi.
Xozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati