28 May 2020 yil 905

Rasmiy munosabat: YouTube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida eʼlon qilingan “Xodimni deb jabr chekkan haydovchi. Mashina shtrafnoyga ketdi” nomli videolavha yuzasidan.

Rasmiy munosabat: YouTube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida eʼlon qilingan “Xodimni deb jabr chekkan haydovchi. Mashina shtrafnoyga ketdi” nomli videolavha yuzasidan.

2020 yilning 26 may kuni YouTube videoxostingida “Xodimni deb jabr chekkan haydovchi. Mashina shtrafnoyga ketdi” nomli videolavha eʼlon qilingan. Mazkur videolavhada 2020 yil 11 aprel kuni Xorazm viloyati Urganch shahrining “Sanoatchilar” ko‘chasida “Spark” rusumli taksi haydovchisi karantin qoidalariga zid ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotganligi uchun Xorazm viloyati IIB YHXB YPX inspektori va viloyat transport boshqarmasi avtotransport tashuvlarini muvofiqlashtirish sektori inspektorlari tomonidan to‘xtatilgani, haydovchi esa bu holatda ichki ishlar xodimini yo‘lovchi sifatida mindirganligini bildirib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslikni so‘raganlik holatlari aks etgan.

Videolavhani dastlabki o‘rganish jarayonida taksida haqiqatan ham Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi xodimi yo‘lovchi sifatida kelayotganligi, shu bilan birgalikda, taksi haydovchisiga nisbatan profilaktika inspektori tomonidan MJtKning 54-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy chora ko‘rishlik uchun Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati boshqarmasining Urganch shahar filialiga  yuborilganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatiga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Shuningdek avtotransport tashuvlarini muvofiqlashtirish sektori inspektorlarining xatti-harakatiga o‘z vakolatlari darajasida huquqiy baho berish uchun viloyat transport boshqarmasiga xabarnoma yuborildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech