20 Mart 2024 yil 6513

Sayyohlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar

Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahrida joylashgan mehmonxonalarning ishchi-xizmatchilari bilan tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash, mehmonlarni o‘z vaqtida “E-mehmon” elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish hamda sayyohlar bilan bog‘liq har qanday nostandart holatlar yuzasidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga xabar berish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib, ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash bo‘linmalari faoliyati va ularning aloqa maʼlumotlari aks etgan rus va ingliz tillarida tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech