24 Yanvar 2022 yil
514
Sayyohlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar
Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari ayni kunlarda Xiva shahrida sayyohlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da kuchaytirdilar. Ular turizm obyektlarida jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash faoliyatini amalga oshirish bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarda ham faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, sayyohlar va mahalliy aholi orasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tushuntirishlar o‘tkazib, tibbiy niqoblar tarqatmoqdalar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati