10 Mart 2020 yil 1069

Shijoati tahsinga loyiq yoshlar

Shijoati tahsinga loyiq yoshlar


Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari -Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.T.Rahmanov 2020-yil 10-mart kuni yangiariqlik bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad tuman yoshlarining hayotiy qiziqishlarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari dastlab Yangiariq tumani Hokimining o‘rinbosarlari va Prezident Xalq qabulxonasining tuman bo‘limi mudiri hamrohligida tumanda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlarga oid ko‘rgazma bilan tanishdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yigit-qizlarga kelgusidagi faoliyatlarida omad tilangan holda, boshqarmaning esdalik sovg‘alari va badiiy kitoblar jamlanmalari topshirildi.
O‘zaro savol-javob tarzida olib borilgan uchrashuv tomonlarning o‘zaro ishonchi, yoshlarning shijoati tufayli qiziqarli jarayonlarga boy bo‘ldi.
Yoshlar tomonidan berilgan har qanday savolga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Yig‘ilishda ijodkor yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilar tomonidan olqishlandi.
Uchrashuv yakunida Yangiariq tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda unga qarshi kurash borasidagi ishlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh yoshlarga viloyat IIB boshlig‘ining “Minnatdorchilik” yorlig‘i va badiiy kitoblar to‘plami, hamda tuman IIB profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat IIB boshlig‘ining “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech