7 Oktyabr 2022 yil 623

Shovot tumanida faol xotin-qizlar hamkorligini kuchaytirish belgilab olindi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Shovot tumanida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Shovot tumani IIB va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 mart kunidagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining Shovot tumanidagi ijrosi muhokama qilindi.

Xususan, tumanda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘ligini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ishlarining o‘zaro hamkorligi atroflicha tahlil etilib, kelgusida bu boradagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish istiqbollari belgilab olindi.

Mahallada yashovchi, oilaviy nizolar sababli “himoya orderi” berilgan xotin-qizlarning himoya huquqi buzilishining oldini olishda tuman ichki ishlar bo‘limiga yaqindan yordam berib kelayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini ayollar faollariga “Tashakkurnoma” topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech