“Sog‘lom va barkamol oila”: Shovot tumanidagi sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi taassurotlarga boy bo‘ldi
Respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarini o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Turizm va sport vazirliklarining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatining 3-sektorlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Joriy yilning 13 dekabr kuni Shovot tumanidagi 3-sektor tarkibiga kiruvchi mahallalarda istiqomat qiluvchi barcha oilalar faol ishtirok qilgan sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi taassurotlarga boy bo‘ldi.
Sportsevar oilalar sportning “Stol tennisi”, “Quvnoq startlar”, “Shashka”, “Shaxmat” va “Badminton” turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashgan bo‘lsalar, kitobxon oilalar “Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bellashdilar.
“Sog‘lom va barkamol avlod” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirilib, Ichki ishlar vaziri sovrini uchun bo‘lib o‘tayotgan mazkur sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati