17 Sentyabr 2021 yil 7815

To‘maris - sharq malikasi

Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyida 2021 yil 17 sentyabr kuni “Buyuk sarkarda va allomalarimizning hayot yo‘li va qahramonligini”  chuqur o‘rganish hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida, o‘quvchilar ishtirokidagi “Maʼnaviyat soati” darsida  “To‘maris - sharq malikasi” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Malika To‘maris jasorati ikki daryo atrofi va oralig‘ida yashovchi xalqlar tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Moziyda bo‘lib o‘tgan har bir voqea faqat tarixchi bitigida emas, eng avvalo xalq xotirasida o‘zining boqiy izini qoldirishi shak-shubhasiz.

Qadim moziy bitiklarini varaqlagan insonlar dunyoning yarmini titratgan forslar hukmdori Kir II nomini emas, balki ona-yurtini himoya qilib bosqinchilarni mag‘lub etgan massagetlar malikasi, mag‘rur va qo‘rqmas To‘maris nomini ulug‘laydilar. Bundan qariyb yetti asr muqaddam yashagan, insoniyatning ulug‘ dahosi Dante o‘zining o‘lmas “Ilohiy komediya” asarida Turon malikasi jasoratini ilk bor sheʼrda madh etgan edi. U o‘z sheʼrida Fors shohi Kir II ustidan g‘alaba qozongan To‘maris haqida yozar ekan, Dante biz – bugungi avlodlar yuragini hayajonga soladigan satrlarni bitadi:

Paydo bo‘lib go‘yo dahshatli o‘ch qilichi,
       Kurashga hayqirgancha so‘zlar To‘maris:
           Qonga juda tashna eding, endi ich, qonxo‘r!

 

Qizg‘in bahs munozaralarga ulanib ketgan dars mashg‘uloti, o‘quvchilarda To‘maris hayotini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish bilan birgalikda, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yana-da yuksaltirishda munosib hissa qo‘shdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ulug‘ ajdodlarimizning hayot yo‘llarini mukammal o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazib berish  maqsadida yuqoridagi kabi dars mashg‘ulotlarini  IIV Xorazm akademik litseyida  2021-2022-o‘quv yilining yakuniga qadar o‘tkazilishi borasida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

 

 

IIVning Xorazm akademik litseyi o‘qituvchisi

Maqsadbek G‘affarov  

Text to speech