10 Noyabr 2022 yil 431

Urganch tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yana-da oshirish belgilab olindi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni yana-da takomillashtirish va kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriliyotganligi to‘g‘risida habar bergan edi.

 Xususan, yuqoridagi reja-topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar idoraviy nazorat tartibida o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilning 8 noyabr kuni viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari Urganch tumani IIB da bo‘lib, bo‘lim tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruh aʼzolari o‘rganishlar davomida asosiy eʼtiborni profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan umumiy, yakka, maxsus va viktimologik profilaktikani amalga oshirilishi va bu yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq va to‘g‘riligiga qaratib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Shu bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilishlarini ham yaqindan o‘rgandilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech