Vatanparvar va shijoatli yoshlar - tinch va osuda kelajagimiz garovi
2021 yilning 10 sentyabr kuni IIV “Urganch” XAXTB Alohida batalʼoni harbiy xizmatchilari tomonidan Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi bilan hamkorlikda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etgan tadbir davomida malakali harbiy mutaxassislar tomonidan qurol-aslahalar namoyishi va qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari o‘tkazilib, yoshlar sohaning davriy taraqqiyoti xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Albatta o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarining qalbida uzoq vaqt muhrlanib, kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan, vijdonan xizmat qilishga undashi, shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati