Xiva shahri va Xiva tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yana-da oshirish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, ayni kunlarda viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni yana-da takomillashtirish va kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yuqoridagi reja-topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar idoraviy nazorat tartibida o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, ishchi guruh aʼzolari Xiva shahri va Xiva tumani IIB da bo‘lib, bo‘lim tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil o‘rganib chiqildi.
Ishchi guruh aʼzolari o‘rganishlar davomida asosiy eʼtiborni profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan umumiy, yakka, maxsus va viktimologik profilaktikani amalga oshirilishi va bu yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq va to‘g‘riligiga qaratib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Shu bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilishlarini ham yaqindan o‘rgandilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati