Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yilning 26 yanvar kuni Shovot tumanining “Turkiston” mahallasida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va Shovot tumani Hokimligi masʼullari ishtirokida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr energiya bilan uzluksiz taʼminlash, ishga joylashish, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.
Shuningdek sayyor qabul jarayonida ijtimoiy himoyaga mujtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati