22 Fevral 2021 yil 662

Xorazm viloyati IIB ning bir guruh xodimlari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv kursini o‘tadilar

Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi zarur bo‘ladigan vaziyatlar juda ko‘p uchraydi.

Hududdagi tibbiyot obyektlarining geografik joylashuvi va mahalliy aholining muloqot tilini bilmaydigan xorijiy sayyohlarga zarur hollarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish esa alohida malakani talab etadi.

Shu bois, Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursini o‘tadilar.

Bir necha xorijiy tillarni biladigan boshqarma xodimlari endilikda  sayyohlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakasiga ham ega bo‘ldilar.

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Urganch filialida 18 soatlik o‘quv kursini turgan ichki ishlar organlari xodimlariga malaka sertifikatlari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech