20 Fevral 2021 yil 809

Xorazm viloyati IIB tergov hibsxonasida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi deya eʼtirof etiladigan kitoblar insoniyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Kitob mutolaasi insonning nutq va muomala madaniyatini oshirishi bilan birgalikda ijobiy fikrlashini ham rivojlantiradi.

Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonligi ham ancha oshgan. Bunda albatta ichki ishlar organlarida tashkil etilayotgan kitob savdosi yarmarkalarining o‘rnini alohida taʼkidlab o‘tish lozim.

Xorazm viloyati IIB 11-son tergov hibsxonasida kitob savdosi bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi yarmarka jarayonida xodimlarning badiiy kitoblarga, ayniqsa jahon hamda milliy adabiyotimizning durdona asarlariga bo‘lgan qiziqishlarining ortganligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ulgurji savdo qiluvchi tadbirkor tomonidan kitoblarning arzon narxlarda taklif etilganligi kitoblar savdosining oshishiga sabab bo‘ldi. Xodimlar nafaqat o‘zlari uchun, farzandlari va oila kutubxonasi uchun ham kitoblar harid qilishdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech