16 Iyun 2023 yil 1143

Xorazm viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari bilan xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni Muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan Xorazm viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi hamda xizmatni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhit o‘rganildi.

Otryad shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya qilish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech