21 Noyabr 2020 yil 1024

Xorazm viloyati IIB xodimlari va oila aʼzolari marafonda ishtirok etishdi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati IIB tomonidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu galgi tadbir “Sog‘lom turmush uchun 5000 qadam” deb nomlandi.

Shu bois 21 noyabr shanba kuni ertalab Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi turmush o‘rtoqlari va farzandlari hamrohligida Urganch shahrining Al-Xorazmiy nomidagi shox ko‘chasida yig‘ildilar.

Viloyat IIB rahbariyati shaxsan ishtirok etgan ushbu 5000  qadam marafoni barcha qatnashuvchilarga ertalabdan yuqori ishchanlik kayfiyati ulashish bilan birgalikda, xodimlar hamda oila aʼzolarining jismoniy chiniqishini yana-da oshirishda o‘z hissasini qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyatida birinchilardan bo‘lib ommaviy sportni jamoaviy tarzda tashkil etgan viloyat IIB tashabbusi ijtimoiy tarmoqlar va turli OAV larida keng yuritildi.

Marafon ishtirokchilarining takliflarini inobatga olgan holda har xaftaning shanba kuni ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sportning yurish, yugurish kabi ommaviy turlarini o‘tkazib borish belgilab olindi.

Yana shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, bugungi kunda mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va keng jamoatchilik orasida ommaviy sportni yana-da rivojlantirish borasida hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech